O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi
Bog'lanish
(+99870) 663-14-25
E-mail
toshvireab@umail.uz
Ish vaqti
Du - Ju 8:00 - 14:00
Murojaat yuborish
Toshkent viloyati nogironligi bo'lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi
Toshkentvilreabilitatsiya.Uz » Biz haqimizda » Toshkent viloyat Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi xaqida ma’lumot

Toshkent viloyat Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi xaqida ma’lumot

Toshkent viloyat Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi Vazirlar Maxkamkasining 1995 yil 11 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida nogironlar reabilitatsiyasining 1996 – 2000 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi 433 – sonli Davlat dasturi asosida tashkil etilgan.

Markaz Toshkent viloyatining Angren shaxar Oxangaron ko‘chasida joylashgan bo‘lib, xududi 3.48 ga, markaz binolari 1968 va 2015 yillarda kurilgan, 1997 va 2015 yillarda kapital ta’mirlangan. 2000 yil aprel oyidan faoliyat yuritadi. Muxandislik kommunikatsiya tarmoklari bilan ta’minlangan. Markazda sovuk suv markazlashgan,  artezian suv minorasi xam mavjud. Elektr energiya ta’minoti asosiy va ko‘shimcha zaxira liniyalariga ega, issik suv va kanalizatsiya markazlashgan, lokal kozonxonalar xam mavjud. Markaz 50 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 20 o‘rin – Ichki a’zolar kasalliklari, 20 o‘rin – Asab kasalliklari va 10 o‘rin – Jaroxatlar asorati bilan og‘rigan nogironligi bo‘lgan shaxslar TMEK yo‘llanmasiga ko‘ra sog‘lomlashtiriladi.
          2015 yilda markaz “2013 – 2015 yillarda Toshkent viloyatida yo‘l transport, kommunikatsiya infratuzilmalarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi 2013 yil 6 avgustdagi PF – 2020 bo‘yicha rekonstruksiya qilindi va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yangi 50 o‘rinli yotoqxona binosi qurildi, bemorxonalar 4 kishilik bo‘lib xar bir xonada televizor, sanuzel va yuvinish xonalari mavjud nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun shart – sharoitlar yanada yaxshilandi.
           2016 yil 1 mart kuni Yaponiyaning favqulotda va muxtor elchisi janob Fumixiko Kato bilan "Ijtimoiy soxalarga beg‘araz yordam” mini granti  imzolanib, unga ko‘ra Yaponiya elchixonasi tomonidan ajratilgan 65900 AKSh $ miqdorida pul mablag‘iga “ATM Trade LTD” kompaniyasi tomonidan Buyuk Britaniyaning BTL kompaniyasidan EKG Xolter, umurtqa pog‘onasi uchun Traksiya apparati, kombinirlangan fizioterapevtik xamda udarnovolnovaya terapiya apparatlari o‘rnatilib, nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan samarali foydalanilib kelmoqda. 
2019 yilda Markaz moddiy texnika bazasini yaxshilash maqsadida Xitoy granti bo‘yicha jami 53 ta 17 xil tibbiy jixoz va asboblar olib kelib o‘rnatildi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida  fitorapiya, davolovchi dushlar ishga tushirildi.
18-02-2021, 20:31 / Biz haqimizda / Slayder

озонотерапия муолажаси йўлга

19 янв 2024 ,admin2
Тошкент вилояти ногиронлиги бўлган шахсларни...

Инсон қадри

19 янв 2024 ,admin2
Тошкент вилояти ногиронлиги бўлган шахсларни...

“E-helper” экзоскелетни

07 авг 2022 ,admin
Тошкент вилояти ногиронлиги бўлган шахсларни...
Verification: c64997bbc9f8348f up